30 klub Superliga bilan shartnoma imzolashga yaqin va yana 20 jamoa loyihaga katta qiziqish bilan qaramoqda

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2024
Superliga Bosh kotibi Anas Lagrari musobaqani ertagayoq boshlash imkoni borligini ma'lum qildi.

"As"ning "Ouest France"ga tayanib bergan xabariga ko'ra, musobaqani 2025 yilning sentyabr oyida  Yevropaning eng yaxshi klublari, jumladan, ingliz klublari bilan boshlash rejalashtirilmoqda. Takidlanishicha, bazi  klublar loyia bilan shartnoma imzolashgan, ammo chiqishlarida o'zlarini hozircha unga qarshidek tutishmoqda.

Bundan tashqari, Lagrari yana 20 nafar klub loyihaga juda qiziqish bilan qarayotgani va deyarli 30 klub shartnoma imzolashga yaqin turganini ma'lum qildi. Tabiiyki, hozircha hech bir klub nomi oshkor qilinmayapti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: As