Rasman: "Navbahor"ning sobiq futbolchisi "Neftchi"ga o'tdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2024, 15:46
"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Bugun serbiyalik tajribali futbolchi Boyan Ciger  "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda farg'onaliklar tarkibida harakat qiladigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Boyan Cigerga O'zbekiston Superligasi begona emas. Futbolchi 2021-2022 yilgi mavsumda Namanganning "Navbahor" jamoasida faoliyat olib borgan. Boyan o'tgan mavsumni Malayziya  Premer-ligasi vakili "Kedax Darul Aman"  klubida olib bordi.

Faoliyati davomida Serbiya va Chernogoriyaning futbol ligalarida to'p tepgan Boyan Ciger Serbiya kubogi sohibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати