"Bunyodkor" ikki xovartiyalik bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2024
"Bunyodkor" tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Ikki xorvatiyalik futbolchi yangi mavsumda "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qiladi.


"Bunyodkor" matbuot xizmati quyidagicha bayonot berdi:

Ikki nafar xorvatiyalik legioner 2024 yilgi mavsumda “Bunyodkor” libosida to'p suradi. O'z vaqtida Xorvatiya yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushgan, “Bunyodkor”ga kelguniga qadar Serbiya Superligasi ishtirokchisi “Novi Pazar” klubida yetakchilardan biri bo'lgan 28 yoshli yarim himoyachi Freyn Chiryak hamda chap qanot vingeri va hujumchi chizig'ida birdek harakat qiladigan Toni Yovich 2024 yilgi mavsumni “Bunyodkor”da o'tkazadi. Har ikkala futbolchi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.



FREYN CHIRYAK

Tug'ilgan sanasi: 23.06.1995 yil

Fuqaroligi: Xorvatiya

Bo'yi: 180 sm

Ampluasi: markaziy yarim himoyachi

So'nggi jamoasi: “Novi Pazar” (Serbiya)

Xorvatiya yoshlar (U-19) terma jamoasi safida maydonga tushgan


TONI YOVICH

Tug'ilgan sanasi: 02.09.1992 yil

Fuqaroligi: Xorvatiya

Bo'yi: 178 sm

Ampluasi: Vinger, hujumchi

So'nggi jamoasi: “Sloga” (Bosniya)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia