Rasman: Pro liga to'purari "Dinamo"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
8 yanv 2024
Superliga yangi mavsumi oldidan selekciya ishlari jarayonida "Dinamo" murabbiylar shtabi ko'z ostiga olib qo'yilgan yana bir o'yinchi jamoa a'zosiga aylanganini rasman e'lon qildi.

"Pro liga 2023 yilgi mavsumining eng yaxshi to'purariga aylangan Anvar Hojimirzaev "Dinamo" klubiga o'tishga qaror qildi. Yarim himoya va hujumda bir xil o'ynay oladigan 29 yoshli futbolchi bilan bugun bir yillik shartnoma imzolandi", – deyiladi "Dinamo" xabarida. 

Anvar Hojimirzaev 2023 yilgi mavsum "Qo'qon-1912" safida Pro ligada 20 ta o'yinda 16 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qilgan.

29 yoshli hujumchi bugun "Lokomotiv" yoshlariga qarshi nazorat o'yinida gol urishga ham ulgurdi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати