OKMK 8 nafar futbolchi bilan xayrlashdi

Aslanov Jasurbek
1 yanv 2024, 20:06
OKMKni shartnomasi yakuniga etgan sakkiz nafar futbolchi tark etdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan jamoamizni, shartnomasi tugagan 8 nafar  futbolchilar tark etdi.


Darvozabon: Botirali Ergashev

Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov

Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov, Siavash Xaqnazariy, Muhammadanas Hasanov

Hujumchilar: Mirjahon Mirahmadov va Martin Boake bilan do'stona xayrlashildi.


OKMK ahil jamoasi klubimizdan ketgan mazkur futbolchilarga xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va ularni kelgusi faoliyatida omad tilaydi.


OKMK klubi selekciya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda va yaqin orada yangi transferlarni e'lon qiladi!" - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia