Pioli "Milan" haqida: "O'zingizni kimdir bilan solishtirmang. Shunchaki, ishlashda davom eting va maqsadni yuqoriroq qo'ying"

Omonjon To`xtamirzayev
18 dek 2023, 12:33
Stefano Pioli "Milan" o'zini boshqa klublar bilan solishtirmasligi kerak deb hisoblaydi.

"Rossoneri" ustozi A Seriya navbatdagi turida "Monca" mag'lub etilgach (3:0), fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz ishlashda davom etishimiz va bor e'tiborimizni o'zimizga qaratishimiz, darajamizni ko'tarib borishimiz va stabillikka erishishimiz zarur.

Bugun nafaqat "Monca" tufayli, balki biz chorshanba kuni ("Nyukasl"ga qarshi) ko'p kuch yo'qotganimiz uchun ham oson bo'lmadi. Yigitlar vaziyatga to'g'ri munosabat bildirishdi va motivaciya topa olishdi. Yosh futbolchilarimiz olqishga munosib, klubning bu yo'nalishdagi faoliyati uzoq yillardan buyon o'z mevasini berib keladi.

Takror aytaman, biz fokusni o'zimizga qaratishimiz va boshqalar bilan solishtirmay, mehnat qilishda davom etib, maqsadlarni yuqoriroq qo'yaverishimiz zarur. Uyog'ini esa vaqt ko'rsatadi", – dedi Pioli.

Eslatib o'tamiz, 16 turdan keyin "Milan" A Seriyada 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Football Italia