"Tobol" "Ordabasi"ni yutib, Qozog'iston Kubogini qo'lga kiritdi, Bobir Abdixoliqov 90, Shahboz Umarov 72 daqiqa harakatlandi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023
"Ordabasi" hamda "Tobol" o'rtasidagi Qozog'iston Kubogi bellashuvi yakuniga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi a'zolari – Shahboz Umarov va Bobir Abdixoliqov hal qiluvchi bahsni boshlang'ich tarkibda boshlashdi. Abdixoliqov bahsni to'liq o'tkazgan bo'lsa, Shahboz Umarov 72 daqiqa o'ynadi. 


Uchrashuv birinchi bo'limida hisob ochilmadi. 67-daqiqaga kelib esa Evgeniy Shaxov - Igor Ivanovich - Islam Chesnokov kombinaciyasi gol bilan yakunlandi.

Uchrashuvbda hisob boshqa o'zgarmadi va "Tobol" Qozog'iston Kubogini qo'lga kiritdi.

Qozog'iston Kubogi

Final

"Ordabasi" – "Tobol" 0:1 

"Astana Arena". 15:00

Gol: Chesnokov 67'

"Ordabasi": Shayzada, Mboj, Maliy, Erlanov, Auro, Makarenko, Matich, Suyumbaev, Abdixoliqov, Umarov, Besedin

"Tobol": Konovalov, Kairov, Gabaraev, Mladjovich, Asrankulov, Shaxov, Mujikov, Ilich, Ivanovich, Deble, Vukadinovich



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia