Mali U-17 terma jamoasi JCHga tayyorgarlikni Saudiya Arabistonida davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
17 okt 2023, 17:48
Afrikaliklar kichik mundial guruh bosqichida O'zbekiston bilan to'qnash keladi.

Mali U-17 terma jamoasi Indoneziyada o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo'ldi.

Terma jamoaning arab mamlakatiga jo'nab ketishi 20 oktyabrga rejalashtirilgan. U yerda maliliklar bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi, 6 noyabr sanasida esa Indoneziyaga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Mali "B" guruhida Ispaniya, O'zbekiston va Kanada bilan bir guruhdan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia