Nasaf Iordaniya poytaxti Ammanga yetib keldi

Khoja
17 sen 2023
Nasaf jamoasi OCHL 1-tur Al Faysaliga qarshi maydonga tushish uchun Iordaniya poytaxti Ammanga yetib keldi. 

Bugun uchrashuv oldi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi:

- Toshkent vaqti bilan 15:00 da har ikkala jamoa vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting;

- Soat 16:00 da Ro'ziqul Berdiev va jamoa himoyachisi Sherzod Nasrullaev ishtirokida o'yin oldi matbuot anjumani

- Soat 20:45 da Nasaf ertangi bellashuv oldi rasmiy mashg'ulot o'tkazadi.

Nasaf futbol klubi matbuot xizmati


KhojaMuallif
Manba: