Salahning xet-trik assisti bilan “Liverpul” "Vulverxempton"ni irodali mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2023
Angliya chempionati 5-turidan o'rin olgan "Vulverxempton" – "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

APL

5-tur

Vulverxempton – Liverpul 1:3
Gol: 7 - Xvan Xi Chxan, 55 - Gakpo, 85 - Robertson, 90+1 - Elliot
16.30, Moline Stedium

Vulverxempton – Joze Sa, Semedu, Douson, Kilmen, Ait-Nuri (Bueno, 65), Lemina (Traore, 78), Bellgard (Doyl, 77), Gomes, Netu, Xvan Xi Chxan (Doerti, 60), Mateus Kunya (Fabiu Silva, 61).

Liverpul – Alisson, Gomes, Matip, Kuansa (Konate, 83), Robertson, Soboslai, Mak Allister (Dias, 46), Djons, Salax (Gravenberx, 90), Diogu Jota (Elliott, 56), Gakpo (Nunes, 56).. 


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+5. Diasning zarbasini darvozabon ushlab oldi

90+4. O'zgarish: Salahning o'rniga Gravenberx maydonga tushdi

90+1. GOOOL. Salahdan navbatdagi ajoyib assist va Elliotdan super gol

87. Salah yana bir bor sheriklarini yaxshi vaziyatga chiqarib yubordi, biroq Dias imkoniyatdan foydalana olmadi

85. GOOOL. Salahdan navbatdagi ajoyib uzatma va Robertsondan gol

83. O'zgarish: Kuansa maydoni tark etdi, uning o'rniga Konate maydonga tushdi

80. Kuansa xavfli zarbasi o'ziga qabul qilib oldi va endi u maydonda yotibdi

75. Soboslaining zarbasiga umuman aniqlik yetishmadi

72. Ogohlantirish. Semudo hakam tomonidan ogohlantirildi

70. Nunes jarima maydonchasining ichiga kirib bordi va zarba yo'lladi. biroq...

64. Salahning uzatmasidan so'ng Nunes to'pga yetib kela olmadi

60. O'zgarish: Bueno va Fabiu Silva maydonga tushdi, ular Xvan Xi Chxan va Mateus Kunyani alishtirdi

56. O'zgarish: Hozirgina gol urgan Gakpo va Jota maydoni tark etdi, ularning o'rniga Nunes va Elliot maydonga tushdi

55. GOOOL. Salahdan ajoyib uzatma va Gakpo hisobni tenglashtirmoqda

49. Bugun mezbonlar vakillari Liverpul himoyasidan juda osonlik bilan o'tib kyetishmoqda. Bu safar Kunya yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi. Darvozabon o'z o'rnida

47. Robertsondan ajoyib uzatma va hozirgina maydonga tushgan Diasning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

46. O'zgarish: Mak Allisterning o'rniga Dias maydonga tushadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+1. Mehmonlar birinchi bo'lim so'nggida hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq barcha harakatlar omadsiz yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

45. Gomesning uzatmasidan so'ng Gapkoning zarbasiga aniqlik yetishmadi

39. Gakponing zarbasiga aniqlik yetishmadi

34. Netu nimalar qilmoqda. Gomesni oyoqlari ichidan to'pni o'tkazib, uzatmani amalga oshirdi, biroq Mateus Kunyaninng zarbasi umuman o'xshamadi

28. Burchakdan uzatilgan to'pni Douson boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarba ancha noaniq ketdi

26. Gomesning uzatgan to'pini Joze Sa ushlab oldi va jamoasining navbatdagi hujumini boshlab berdi

19. Yana Netu. Portugaliyalik futbolchi yana qanotdan yaxshi kirib bordi va zarba yo'lladi. Biroq ozgina noaniq

13. Jotaning zarbasiga aniqlik yetishmadi

10. Mezbonlarda navbatdagi yaxshi imkoniyat. Semedoning uzatmasidan so'ng Netuning zarbasiga aniqlik yetishmadi



7. GOOOL. Netudan super pas va Xvan Xi Chxan hisobdan ajoyib gol. Mezbonlar uchrashuvni juda yaxshi boshlagandi

5. Vulverxempton dastlabki besh daqiqada ancha yaxshi harakat qilmoqda.

UCHRASHUV BOSHLANDI


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia