O'zbekistonlik hakamlar Osiyo Kubogi saralash bosqichiga tayinlov oldi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2023
Xabaringiz bor, kelasi yilning bahorida Qatar yashil maydonlarida U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu musobaqaning saralash bahslari esa ertaga start oladi. 

"Ahamiyatli jihati shundaki, saralash bosqichiga chaqirilgan vakillarimiz ham ertaga o'z debyutini amalga oshiradi. 2 nafar FIFA hakamimiz - Ahrol Risqullaev hamda Sanjar Shoyusupov Koreyaning Changvon shahrida o'tishi rejalashtirilgan "B" guruhi doirasidagi Koreya U-23 – Qatar U-23 terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun tayinlov olgan.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan ertaga, 6 sentyabr kuni soat 16:00 da start oladi", – deyiladi O'zFHM xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази