Bobur Yo'ldoshev "So'g'diyona"ni tark etishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2023
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasida yozgi transferlar vaqtida tarkibda o'zgarishlar boshlanganidan xabardorsiz.

Jamoaning markaziy himoyachisi Bobur Yo'ldoshev tanaffusda boshqa klubga yo'l olishi mumkin. Futbolchi "So'g'diyona"dagi holatidan va o'yin amaliyotidan qoniqish hosil qilmayapti. Ayni paytda u takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. 

Ma'lumot uchun, Bobur Yo'ldoshev birinchi davrada 9ta uchrashuvda maydonga tushdi va 655 daqiqa harakat qildi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia