Breaking News: Benzema "Al Ittixod" bilan shartnoma hujjatlarini imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyun 2023, 14:49
"Al Ittihod" "Real"dan ketayotgan Karim Benzema bilan shartnoma borasida kelishib oldi va tomonlar hujjatlarni imzolashga kirishgan.

Karim Benzema "Al Ittixod" futbolchisi bo'lishini taminlaydigan hujjatlarning asosiy qismini imzolab bo'ldi. Bu ma'lumotni mashhur insayder Fabricio Romano ham tasdilqadi.

Saudiya klubi va Benzema o'rtasidagi kelishuv 2025 yilgacha amal qiladi, ammo hamkorlik yana bir yilga uzaytirish bo'yicha qo'shimcha band ham kiritiladi.

Avvalroq, Karim "Al Ittixod"da ikki yilda soliqlardan keyin 200 million maosh olishi ma'lum qilingandi.

 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia