34 yoshli Defo to'rt yillik tanaffusdan keyin gol urdi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 22:14
Angliya terma jamoasi hujumchisi Jermeyn Defo JCH-2018 saralashi doirasidagi Angliya-Litva uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol etdi.

34 yoshli hujumchi milliy terma jamoa safida to'rt yillik tanaffusdan keyin qaytishini gol bilan nishonladi.

U so'nggi marta Angliya terma jamoasi tarkibida 2013 yilning noyabrida maydonga tushgandi. Oxirgi golini esa terma tarkibida o'sha yili mart oyida urgandi.

Defo Angliya terma jamoasi tarkibida gol urgan eng katta  yoshli futbolchilar ro'yxatida oltinchi pog'onada bormoqda. XXI asrda esa Defodan katta yoshli futbolchilardan Frenk Lempard va Teddi Sheringem gol urishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gracenote Live