Futzal. O'zbekiston TJ fevral boshida Belarus bilan ikkita o'yin o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
23 yanv 2023
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 27 yanvar kuni Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlaydi. Bahodir Ahmedov shogirdlari yig'inning ikkinchi qismini xorijda davom ettiradi.

Vakillarimiz 4-5-fevral kunlari Belarus futzal terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar Mogilyov va Minsk shaharlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, vakillarimiz mart oyida besh karra jahon chempioni Braziliya bilan o'ynashi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати