

Bu haqda "Calciomercato" xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, London klubi 22 yoshli serbiyalik uchun 80 million evrolik taklif tayyorlamoqda.
Oldinroq futbolchining agenti o'yinchi har qanday takliflarga tayyorligini aytgandi.
2022/23 yilgi mavsumda Vlaxovich "Yuventus" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali forvardning narxini 80 million evroga baholamoqda.



