

Dushanba kungi ilk matbuot anjumanida belgiyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduning xalqaro miqyosdagi kelajagi haqida gapirdi.
“Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida yillar davomida hurmat qozondi. Jahon chempionatidagi qaydnomada bo'lgan barcha o'yinchilar kabi u bilan ham suhbatlashaman”, - dedi Martines jurnalistlarga.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu Yevropa futbolini tark etdi. Portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.



