Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 16:50
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike o'z lavozimini tark etdi.

Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Mutaxassis jamoaning 1/8 finalda Marokashga qarshi o'yindagi mag'lubiyatidan so'ng (0:0, penaltidan – 0:3) shunday qarorga kelgan. Shu tariqa, jamoa JCH-2022 bilan xayrlashdi.

Enrike 2019 yilda ikkinchi marta Ispaniya boshqaruviga kelgandi. Jamoa uning qo'l ostida Evro-2020 yarim finaliga chiqdi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rfef.es