Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. O'zbekiston Yaponiyaga yutqazdi va finalsiz qoldi

Tolibjon Qosimov
6 okt 2022, 21:03
Quvayt mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha XVI Osiyo Kubogi bahslari yakuniy pallasiga kirib bormoqda.

Bugun musobaqaning yarim final bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. Bahodir Ahmebov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 3 karra Osiyo chempioni Yaponiyaga qarshi kurash olib bordi. Unda yaponlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022

Yarim final

O'zbekiston – Yaponiya 1:2

Kuvayt Siti, "Saad Al Abdulloh Hall" sport majmuasi. 19:00

Hakamlar: Husayn Ali Albahhar (Bahrayn), Helday Idang (Malayziya), Truong Quok Dung (Vetnam)

Taymkiper: Zari Fathi (Eron)

Komissar: Richard Joson (Filippin)

Gollar: I.Hamroev (H.Nishonov) 17 - A.Oliveyra 23, Kanazava 30

O'zbekiston (birinchi beshlik): 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriev.

Zaxira: 1.Rustam Umarov (s), 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Shahram Faxriddinov, 14.Davlat Ibragimov.

Yaponiya (birinchi beshlik): 1.Xigor Pires, 3.Soma Mizutani, 5.Artur Oliveyra (s), 6.Tomoki Yoshikava, 9.Neto Antonio Xirata.

Zaxira: 2.Gilerme Kuromoto, 4.Ishida Kentaro, 7.Sora Kanazava, 8.Atsuya Uemura, 10.Krepaldi Vinisius, 11.Kazuya Shimicu, 12.Kokora Xarada, 13.Takumi Nagasaka, 14.Shunta Uchimura.

Ogohlantirishlar: I.Hamroev 5, H.Nishonov 20, N.Eliboev 29 - A.Oliveyra 35


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



Bahs yakunlandi. Yaponiyaga yutqazgan vakillarimiz endi 3-o'rin uchun kurashishadi. Afsuski shunday. So'nggi 5 daqiqada yaponlarni qamagan vakillarimiz gol ura olishmadi, raqib posboni Gilerme Kuromoto esa o'yin qahramoni bo'ldi.

Uchrashuv yakunlanishiga 2 soniya qolganda Bahodir Ahmedov taym-aut oldi.

Kogure taym-aut oldi.

40 - Zarbaaaaaaa, nimalar qildi yapon darvozaboniiii. Musobaqaning eng zo'r seyvini ijro etdi Hamroevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin.

39 - Zarbaaaaaa, Rahmatovning yana bir zarbasini kiper qaytaryapti.

38 - Zarbaaaaaa, ehhhhh Rahmatovvvvv. Deyarli bo'sh qolgan darvoza....

37 - Zarbaaaaaa, Hamrovening zarbasiiii......

35 - Zarbaaa, Ropievning zarbasini kiper qaytardi.

35 - Deyarli birga-bir qochayotgan Nishonovni ochiqchasiga yiqitgan Oliveyraga sariq.

35 - O'ynovchi darvozabonni tushirdi Bahodir Ahmedov. I.Hamroev beshinchi o'yinchi bo'ladi.

33 - Raqibda darvozabon almashdi. Gilerme Kuromoto Xigor Pires o'rniga tushdi. Yaponmas posbon o'rniga boshqa bir yaponmas darvozabon.

30 - Gol, Kanazava gol urdi.

30 - Umarovvv, yana bir xavfni bartaraf etdi.

29 - Hakamlar nimalardir qilishyapti, yo'q joydan hozir jarima zarbasi berishdi darvozamizga. Shu sabab etiroz bildirgan yordamchi murabbiy Nodir Eliboev hamda tarjimonimiz ogohlantirildi.

28 - Uhh, Umarov ikki marta qutqardi bizni. Qoyil!

27 - Artur Oliveyraning navbatdagi zarbasini Umarov ushlab oldi.

27 - Elbek bir raqibni aldadi, keyin esa zarbasiga blok qo'yishdi.

26 - Ikkinchi to'rtligimiz tushdi.

Bu o'yin o'zbek va yapon futzali afsonalari to'qnashuvi ham bo'lyapti. Ularda Kenixiro Kogure, bizda esa Bahodir Ahmedov bosh murabbiy.

23 - Raqib provakaciya qildi va Rahmatov qizishib kyetib sariq kartochka oldi. Ayyor raqibni provakaciyalariga uchmaslik kerak.

23 - Gol, raqib sardori Artur Oliveyra hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.



Birinchi bo'lim yakunlandi. Yaponlarning katta ustunligida o'tgan bo'limni o'z foydamizga hal qila oldik. Barkalla, yigitlar!

20 - H.Nishonov raqibga kerak emas joyda qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

20 - Uhhh, Atsuyaning kuchli va aniq zarbasini Umarov qaytardi. Barakalla.

Translyatsiyada muammolar yuzaga kelmoqda.

Bahodir Ahmedov 1 daqiqalik taym-aut oldi.



18 - Hahahahaha, omad degani shu bo'lsa kerak) Bo'sh darvozaga yarim metrdan gol urolmadi yapon futzalchisi.

17 - Goooooollllllll, ajoyib gol!!!! Nishonov raqibni aldab pas berdi, I.Hamroev gol urdi. Asal gol, asal.

17 - Zarbaaaa, Ropievning zarbasini posbon boshi bilan qaytardi. Ehhhh

16 - Uhhh, endi Vinisiusning zarbasi Umarov qo'riqlayotgan darvoza to'sini tegdi.

16 - Zarbaaaaa, Anasxonning kuchli zarbasini to'sin qaytardi.

15 - Yaponiya ustozi taym-aut oldi.

14 - Zarba, kuchli zarbaga D.Rahmatov blok qo'ydi.

13 - Xirata yana parketga qaytdi.

13 - Zarbaaa, ehhh Ilhommm. Choriev to'pni raqibdan olib qo'ydi va lhomga oshirdi. Hamroev esa eng xavfli imkoniyatimizni ko'kka sovurdi.

11- Endi raqib hujumchisi Xirata chap oyog'ini ushlab parketni tark etdi.

10 - Ehhh, tarkibimizda ko'ngilsizlik. Ravshan Eliboev o'ng oyog'idan jarohat oldi va maydonni tark etdi. Uning o'rniga Rustam Umarov tushdi.

8 - Krepaldi Vinisiusning zarbasini R.Eliboev qaytardi.

8 - D.Rahmatovning kuchsiz zarbasini raqib posboni ushlab oldi.

7 - Tezroq o'zimizga kelib olishimiz kerak, ustunlikni to'laligicha yaponlarga berib qo'ydik.

6 - Ravshanning zarbasini noaniq ketdi.

6 - Uhhh, Eliboev raqibni kutib oldi, Mizutani esa to'pni uning ustidan oshirib qo'ydi. Darvozamizga ketayotgan to'pni Ropiev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Katta ustunlik raqiblarimizda.

5 - Yaponlarning yana byuir zarbasi darvozamiz ustuniga tegdi.

5 - Uhhh, Oliveyraning zarbasidan keyin to'p Eliboevning oyoqlariga tegib kirib ketay dedi, yaxshi ham Ravshanni o'zi kirib ketayotgan to'pni chiziq ustida ushlab oldi.

5 - Sariq. Ilhom Hamroev Oliveyraga ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi.

4 - Darvozabonimiz Ravshanning kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi.

3 - Bahodir Ahmedov ikkinchi to'rtlikda Akbar Usmonovni emas, yosh hujumchi Elbek To'lqinovni tushirdi.

- Yaponlar bellashuvni katta kuchni oldinga tashlagan holda boshladi. Ketma-ket zarbalardan hozircha omon qolyapmiz, R.Eliboevga ham rahmat shu joyida.

1 - Uhhh, Mizutani hamda Oliveyraning zarbalarini Eliboev qaytardi.

1 - O'yindagi birinchi zarbani yaponlar berishdi. Xirataning zarbasi ustunga tegib chiqib ketdi.

Uchrashuvni biz boshlab berdik. Olg'a!

- O'yinoldi rasmiy jarayonlar yakunlandi, hamma narsa o'yinni boshlashga tayyor.

- Terma jamoalar arenaga chiqib kelishdi. Vatanimiz madhiyasi yangramoqda...

- Muxlislarimiz allaqachon arenada va yigitlarni qo'llab-quvvatlashni boshlab yuborishgan.



Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi. O'rtaga final yo'llanmasi qo'yilgan uchrashuvda futzalchilarimizga omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia