33 yoshli Jeymi Vardi APL to'purariga aylandi

“Lester” hujumchisi APL 2019/20 yilgi mavsumida to'purar bo'ldi.

Jeymi Vardi APLning ortda qolgan mavsumida 35 ta o'yinda 23 ta gol urib to'purar bo'ldi. Uning hisobida 6 ta golli uzatma ham bor. Vardi to'purarlar poygasida “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang hamda “Sautgempton” forvardi Denni Ingzni 1 ta golga ortda qoldirdi.

1. Jeymi Vardi - 23 ta gol

2. Per-Emerik Obameyang - 22 ta gol

3. Denni Ingz - 22 ta gol


Manba: Twitter/Lester