"Chelsi" "Ayaks" futbolchisi uchun 50 mln evro taklif qildi

Mirjalol Normatov
1 sen 2022
"Chelsi" "Ayaks" futbolchisi Edson Alvares bilan shartnoma imzolamoqchi.

"De Telegraaf" xabariga ko'ra, meksikalik uchun London klubi 50 mln evro taklif qilgan. Futbolchining o'zi ham APLga ko'chib o'tishga qarshi emas. Bunga qadar Amsterdam klubi ushbu futbolchisini "Nyukasl"ga sotishni istamagandi, shu sababli futbolchi klubidan muzokaralarga kirishishni talab qilmoqda.

Transfer amalga oshgan taqdirda xavbek yangi klubida hozirgidan 4 baravar ko'p maosh oladi.

Ushbu mavsumda Alvares chempionatning 3 o'yinida qatnashib, 2 golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: De Telegraaf