

Biroz oldin "Manchester Yunayted" Kazemiro transferi borasida kelishuvga erishganini ma'lum qildi. Taniqli insayder Fabricio Romano ushbu kelishuv tafsilotlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra, MYU Kazemiro uchun 60+10 mln funt to'laydi. Avvalroq huddi shu summa evroda ko'rsatilgandi. Shu tariqa, Kazemiro transferi MYUga 82.4 mln evroga tushmoqda (70.6+11.8).
Futbolchi MYU bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Kazemironing maoshi sezilarli darajada oshadi. Ammo ikki barobarga emas. Futbolchining maoshi klub YCHLda o'ynash yoki o'ynamasligiga qarab o'zgaradi.



