APL. Jezusning benefisiga aylangan o'yinda "Arsenal" ishonchli g'alabaga erishdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2022
APL 2-turi doirasida "Arsenal" o'z maydonida "Lester"ni qabul qildi.


"Arsenal" – "Lester" 4:2
13 avgust, "Emireyts" stadioni
Gollar
: 1:0 – 23 Gabriel Jezus, 2:0 – 35 Gabriel Jezus, 2:1 – 53, avtogol Saliba, 3:1 – 55 Djaka, 3:2 – 74 Meddison, 4:2 – 75 Martinelli.

"Arsenal" – Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 75), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 77), Djaka, Parti, Edegor, Saka (Smit-Rou, 84), Gabriel Jezus (Nketia, 84), Martinelli.

"Lester" – Uord, Kastan, Evans, Amarti (Daka, 63), Fofana, Djastin, Ndidi, Tilemans (Prat, 63), Meddison, Dyuzberi-Xoll, Vardi (Ixeanacho, 70).

Ogohlantirishlar: Fofana (16), Tomiyasu (90).




Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va Jezusning benefisiga aylangan o'yinda "Arsenal" ishonchli g'alabaga erishdi.

90+5-daqiqa. Tirni raqib bilan to'qnashib maydonda yotibdi. Shifokorlar yordami zarur.

Maydondagi barcha futbolchilar natijani o'zgartirib bo'lmasligini tushunib turishibdi.  

90-daqiqa. Hakam uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berdi.

90-daqiqa. Ogohlantirish! Tomiyasu katta tezlikda ketayotgan raqibini o'tkazib yubordi va qoidani buzishga majbur bo'ldi.  

88-daqiqa. Himoyachi Gabrielni qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi.  

84-daqiqa. O'zgarish! Saka va Jezus o'rniga Nketia va Smit-Rou o'yinga qo'shildi. 

83-daqiqa. Jakaga nisbatan fol ishlatildi deb hisobladi hakam. 

81-daqiqa. Zarba, ketma-ket rikoshetlardan keyin to'p yana Jezusni topgandi, ammo hujumchi bu safar bo'sh darvozani aniq nishonga ola bilmadi.  

77-daqiqa. O'zgarish! Zinchenko o'rniga Kiran Tirni o'yinga qo'shildi. 

75-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Javob o'zini uzoq kuttirmadi. Gabi Jezus albatta hujumda ishtirok etdi, aynan uning pasidan keyin Gabi Martinelli nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 

74-daqiqa. GOOOOOOOOL! Jeeeeeyms Maddison farqni qisqartirdi!

67-daqiqa. Gabriel Jezus kutilmaganda bir nechta raqiblarini osonlik bilan aldab, darvozabongacha yetib bordi, lekin zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi. 

63-daqiqa. O'zgarish! Amarti Daniel va Yuri Tilemans o'rniga Dennis Prat hamda Patson Daka o'yinga qo'shilmoqda. 

Standart vaziyatdan samara chiqmadi.

59-daqiqa. "Lester" taslim bo'lishni istamayapti. Hozir jamoa burchak zarbasi ishladi.

55-daqiqa. GOOOOOL! "Arsenal"dan darhol javob. Havodan kelayotgan to'pga o'ynashda darvozabon qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, Jezus bilib-bilmay to'pni yonida turgan Jakaga to'g'rilab berdi va yarim himoyachi hisobiga endi gol ham yozdirib qo'ydi.

53-daqiqa. AvtoGOOOOOOOL! Hozirgina maqtab turganimiz, Saliba darvozabon va darvoza qayerdaligini his qilmadi shekilli, tushunarsiz harakati bilan to'pni o'z jamoasi darvozasiga yo'llab qo'ydi. 

52-daqiqa. Saliba himoyada ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirdi.

50-daqiqa. Zinchenko to'pni raqib oyoqlari orasidan o'tkazib, sherigiga uzatgandi butun stadion jumbushga tegdi.

48-daqiqa. Granit Jaka burchak zarbasi ishladi. 

47-daqiqa. Mehmonlar chap qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rishdi, ammo uzatma mo'ljalga yetib bormadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Uzatmadan keyin to'p qaytarilgach, hakamning hushtagi yangradi va Darren Ingland jamoalarni tanaffusga taklif qildi.  

45+4-daqiqa. Saliba qanotda Jastinga nisbatan qoidani buzdi. 

45+2-daqiqa. Mezbonlar bo'limni ustalik bilan yakunlab qo'ymoqda, "Lester" esa qarshilik qila olmayapti. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

Vardi kulib qabul qildi bu qarorni.

44-daqiqa. Takroriy lavhani ko'rib, hakam qarorini o'zgartirdi - penalti emas.

Shoshmaslikka chaqirishmoqda. "VAR" ishga tushdi.

42-daqiqa. PENALTI! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga intilayotgan Vardi yo'l-yo'lakay Aaron Remsdeylga urilib, yiqilib tushdi. Hakam nuqtaga ishora qildi. 

41-daqiqa. Jezus yana imkoniyatga ega bo'ldi, bu safar Uord jamoasini qutqardi. 

40-daqiqa. Birinchi bo'lim deyarli yakunlandi va hozircha "Lester" aytarli hech nima qila olmayapti. 

38-daqiqa. Arteta shogirdlari to'xtash niyatida emas. "To'potarlar" bosim uyushtirish va hujum qilishda davom etmoqda. 

35-daqiqa. GOOOOOOL! DUBL! Burchakdan uzatilgan to'pni uzoq burchakda kutib turgan Jezus imkoniyatidan unumli foydalandi. O'ziga xos "assist" muallifi Jeymi Vardi.

35-daqiqa. "Arsenal"ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi bilan yakunlandi.

33-daqiqa. "Lester" pozicion hujumda.

30-daqiqa. Jezus havodagi kurashda Jonni Evans bilan to'qnashdi va maydonda yotibdi. 

28-daqiqa. "Arsenal" hujum chizig'i vakillari pressing evaziga to'pni poytaxtliklarga qaytarib berishdi.

27-daqiqa. Uesli Fofana o'yindan tashqari holatda edi. 

O'yin davom etadi. 

24-daqiqa. Suv ichish uchun "pauza".

23-daqiqa. GOOOOOOOL! Gabriel Jezusdan ajoyib zarba va chiroyli gol! Faolligi bilan ajralib turgan Granit Jakadan assist.

19-daqiqa. "Arsenal"ning uzoq davom etgan hujumini Granit Jaka bosh bilan zarba berib yakunlamoqchi edi, Uord jamoasini qutqarib qoldi. Qaytgan to'p Zinchenkoga kelib tushdi, lekin ukrainalikning zarbasi qovushmadi.

16-daqiqa. Ogohlantirish! Uesli Fofana aldanganidan so'ng, Martinellini quchoqlab ola qoldi. 

Martin Edegor to'p uchun kurashda qoidani buzdi.

14-daqiqa. "Arsenal" to'p bilan ko'proq muomalada bo'lmoqda, "Lester" esa qarshi hujum uchun payt poylayotgandek tasavvur uyg'otmoqda. 

12-daqiqa. Jastin ("Lester") o'yindan tashqari holatda to'pni qabul qildi deb topildi.

Uzatmadan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin to'p darvoza to'riga borib tushmadi. 

9-daqiqa. Gabi Jesusni burchakda yiqitishdi, fol.

8-daqiqa. Mezbonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.

5-daqiqa. "Arsenal"ning javob hujumi yana to'p uzatishdagi noaniqlik sabab oxiriga yetmadi.

4-daqiqa. O'ng qanotda to'pni olib qo'ygan "Lester" futbolchilari osonlik bilan jarima maydonigacha kirib borishdi va zarba ham berildi, ammo Aaron o'z o'rnida.

3-daqiqa. Vardiga yo'llangan uzatma keragidan kuchli bo'lib ketdi va Remsdeyl chiqib kelib, uni egallab oldi. 

"Arsenal" darhol hujumga tashlandi, ammo Edegor uzatgan to'pga Jaka eta olmadi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkib borasida qaror qabul qilib ulgurishdi. 

"Arsenal": Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor, Saka, Gabriel Jezus, Martinelli.

"Lester": Uord, Kastan, Evans, Amarti, Fofana, Jastin, Ndidi, Tilemans, Meddison, Dyuzberi-Xoll, Vardi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia