"Leyptsig" Sheshkoni "Zalcburg"dan xarid qildi. Forvardga "Real", MYU va "Chelsi" qiziqqandi

Alisher
9 avg 2022
"RB Leyptsig" "Red Bull Zalcburg" forvardi Benyamin Sheshkoni xarid qildi.

19 yoshli sloveniyalik 2022/23 yilgi mavsumni Avstriyada o'tkazadi, 2023 yilning 1 iyulida esa Bundesliga klubiga o'tadi va 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.

Oldinroq, "Leyptsig" Sheshkoni "Zalcburg"dan 24 mln evroga xarid qilishi xabar qilingan edi. Forvardga shuningdek "Real", MYU va "Chelsi" qiziqish bildirgandi.


AlisherMuallif
Manba: rbleipzig.com