Superliga qaytdi! Ertaga Otabek Shukurov debyut qilishi mumkin

6 avg 2022, 01:45
Bir necha daqiqa avval Turkiya chempionatida mavsumni ochib beruvchi o'yin yakunlandi.

Amaldagi chempion ("Trabzonspor") dastlabki turni mehmonda o'tkazib, "Istanbulspor"ni mag'lub qildi. Abdulloh Ovchi shogirdlari Andreas Kornelius va Stefano Densvilning gollari 3 ochko keltirdi. 

"Trabzonspor" 2-turda 12 avgust kuni "Xatayspor"ni qabul qiladi.

Bugun dastlabki tur bahslari davom ettiriladi. Ertaga (7 avgust kuni) esa hamyurtimiz Shukurov to'p tepadigan "Fatih Karagyumruk" jamoasi "Alanyaspor"ni mehmon qiladi. Hamyurtimiz katta ehtimol bilan bu bahsda yangi klubidagi rasmiy debyutini nishonlaydi. Ma'lumot uchun, ayni paytda Shukurov Andrea Pirlo shogirdlari orasidagi eng qimmatbaho futbolchi bo'lib turibdi. 

Turkiya Superligasi turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia