"Neftchi" tasdiqladi: Mo'minjonov klubni tark etdi

Alisher
2 iyul 2022
"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov klubdan ketdi.

"Neftchi"  futbol klubi 2022 yil Superliga uchrashuvlarida o'z imkoniyatlaridan oqilona foydalana olmay, ketma-ket mag'lubiyatlarga uchraganligi va turnir jadvalida oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi, rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlay olmaganligi bois, jamoa bosh direktori Zohidjon G'ofurov hamda bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov o'z arizalariga binoan egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib,iste'foga chiqarildi..", - deyiladi "Neftchi" xabarida.

Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimiz tomonidan Ilhom Mo'minjonov o'z arizasiga ko'ra, "Neftchi"ni tark etgani haqida xabar bergan edik.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia