Rasman: "Liverpul" Saloh bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Оқил Абдубарноев
1 iyul 2022
"Liverpul" matbuot xizmati hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qildi.

Yangi shartnoma 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

Misrlik 30 yoshli futbolchi 2017 yildan buyon "Liverpul" safida to'p tepmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 90 million evroga baholamoqda. Saloh 2017 yil "Liverpul"ga o'tgandi. Debyut mavsumidayoq hujumchi barcha musobaqalarda 44 ta gol urdi. Ulardan 32 tasi Premer-ligada qayd etilgan. 38 o'yin o'tkazgan Saloh turnir rekordini o'rnatgan.

Muhammad jamoa safida jami 254 ta o'yin o'tkazib, 156 ta gol urgan.

Oldinroq “Liverpul” chap qanot himoyachisi, “Bavariya” bilan shartnoma imzolagan Sadio Mane. Saloh ham jamoani tark etishi mumkinligi xabar qilingandi. Xususan, futbolchiga davogar sifatida Madridning “Real” klubi ko'rsatilgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: liverpoolfc.com