OFK Tartib-intizom qo'mitasi Abduvohid Ne'matov borasida qaror qabul qildi

Administrator
15 iyun 2022
Futbolchimiz uchun U-23 Osiyo kubogi yakunlandi.

OFK Tartib-intizom qo'mitasi 11 iyun kuni o'tkazilgan O'zbekiston U-23 va Iroq U-23 terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda qizil kartochka olgan darvozabonimiz Abduvohid Ne'matov borasida qaror qabul qildi.

Unga ko'ra, Abduvohid Ne'matov uchta o'yinga chetlashtirildi. Bundan tashqari, Abduvohid Ne'matov 500 dollar miqdorida jarima ham to'laydi.

OFK Abduvohid Ne'matov tomonidan shunga o'xshash holat yana takrorlanadigan bo'lsa, keyingi jazo bundanda og'irroq bo'lishi haqida ogohlantirgan.


AdministratorMuallif
Manba: the-afc.com