U-23 Osiyo Kubogi. O'zbekiston guruhda 1-o'rinni naqd qildi!

Sherzod Nurmatov
4 iyun 2022, 21:55
Sal avval "A" guruhi 2-turi doirasidagi Qatar – O'zbekiston uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda hamyurtlarimiz yirik 6:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.

Shunday qilib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 6 ochko qo'lga kiritgan holda guruh bosqichini 1-o'rinda yakunlaydigan bo'ldi.

Ayni paytda O'zbekiston 6 ochko va 7-0 to'plar farqiga ega. Turkmaniston 3 ochko (to'plar farqi: 2-2), Eron 1 ochko (to'plar farqi: 2-3), Qatar 1 ochko (to'plar farqi: 1-7) to'plagan.

Ma'lumot uchun, ochkolar teng bo'lib qolsa, birinchi navbatda o'zaro o'yinga qaraladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia