Eshitdik-da! "Bunyodkor" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi

Narzulla Saydullayev
11 may 2022
Bugun "Bunyodkor" klubi rahbariyati yig'ilish o'tkazdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov va jismoniy tayyorlik bo'yicha murabbiy Aram Ananyan o'z lavozimlarini tark etdi.

Viktor Karpenko "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia