Risqullaev futbolchilikni tugatdi va hakamlikni boshladi
Narzulla Saydullayev
25 mar 2014, 17:32
O'z vaqtida “Traktor”, “Paxtakor”, “So'g'diyona”, “Sho'rtan”, “Navbahor”, “Qizilqum”, “Nasaf” va “Dinamo” kabi klublarda to'p surgan markaziy himoyachi Ahrol Risqullaev bu yil oliy liganing hech bir klubida zayavkadan o'tmadi.
Bizga ma'lum bo'lishicha, u (fotoda chapda) futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan va bundan keyin hakamlik ishi bilan shug'ullanmoqchi. 29 yoshli sobiq futbolchi o'zini dastlab qanot hakami sifatida sinab ko'rsa kerak. Agar omadi chopib yaxshi hakamlik qilsa, keyinchalik bosh hakam bo'lishi mumkin.