Surxondaryoda safari yakunlandi yoxud Odil Ahmedov katta futbolga qaytgan o'yindan GALEREYA

Оқил Абдубарноев
6 may 2022
5 may sanasida boshlangan Surxondaryo viloyatida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi.

Surxondaryoda o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan tadbirdan GALEREYA

Kunning ikkinchi qismida Surxondaryo viloyati hokimligida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Surxondaryo viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti To'ra Bobolov, O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov va o'zbek futboli faxriylari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda To'ra Bobolov viloyatda futbol rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar va bo'lajak rejalar bilan o'rtoqlashdi. 

Uchrashuv so'ngida Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolovga “O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriylarga esdalik sovg'alari ulashildi.

So'ngra "Surxon" markaziy stadionida o'zbek futboli faxriylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvdan oldin O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov va O'FA Faxriylar kengashi raisi To'lagan Isoqov barchani o'zbek futbolining 110 yilligi bilan tabriklab, Surxon o'lkasining o'zbek futboliga qo'shgan ulkan hissasini ta'kidlab o'tishdi. Shundan so'ng O'FA tomonidan bir qator futbol faxriylari taqdirlandi. Ularga ko'krak nishonlari va esdalik sovg'alar topshirildi.

O'rtoqlik bahsida tomonlar 5:5 hisobidagi durangni qayd etishdi.

Shu bilan Surxondaryo viloyatidagi o'zbek futbolining 110 yillik bayram tadbirlari o'z yakuniga etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia