Prevyu. “Nasaf” - “Al Vihdat"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2022, 14:07
”Ajdarlar” ertaga OCHL 2-turida Iordaniyaning eng sovrindor jamoalaridan biri “Al Vihdat” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Bu jamoalar ham bir-biriga begona emaslar. Jamoalar 2011 yilda OFK Kubogi yarim finalida o'zaro ro'baro' kelishgan. Qarshida bo'lib o'tgan bellashuvda “Ajdarlar” 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi yagona golga Jahongir Jiyamurodov mualliflik qilgan. Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan. Ivan Boshkovich hisobni tenglashtirib "Nasaf"ni finalga olib chiqqan.

"Nasaf" ilk turda Qatarning "Al Sadd" klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynagandi. "Al Vihdat" ham Saudiya Arabistonining "Al Faysali" klubiga qarshi bahsni shu hisob bilan yakunladi. Iordaniya klubi safida Ahmed Samir gol muallifiga aylangandi.



“E” guruhi 2-tur “Nasaf” - “Al Vihdat” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan ertaga soat 22:15 da boshlanadi.

Kecha Ro'ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi: 

Ro'ziqul Berdiev: "Al Sadd"ning ikkita qizil olishi rejamizda yo'q edi, ertangi o'yinga esa tayyormiz"        



"Al Vihdat" bosh murabbiyi ham kecha o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi: 

"Al Vihdat" bosh murabbiyi: "Nasaf" yevropacha usulda futbol o'ynaydi"        


Osiyo chempionlar ligasi, 2-tur
"Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Vihdat" (Iordaniya)
11 aprel 2022 yil. Dammam, "Shahzoda Muhammad Bin Fahd" stadioni. 22:15 (Toshkent vaqti)



Foto. OCHL. "Nasaf" "Al Vihdat"ga qarshi o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni a'lo kayfiyatda o'tkazdi         




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia