La Liga. 3 ta gol va 3 ochko - "Real" chempionlik sari dadil odimlamoqda

Omonjon To`xtamirzayev
15 mar 2022
Ispaniya La Ligasi 28-turi doirasida "Malorka" "Real Madrid"ni qabul qildi.

"Malorka" – "Real Madrid" 0:3
15 mart, 01.00, "Son Moish"
Gollar: 0:1 – 55 Vinisius Junior, 0:2 – 77, penalti Benzema, 0:3 – 82 Benzema.

"Malorka" – Riko, Maffeo, Railo, Valent, Olivan, Dani Rodriges (Ndiaye, 79), Kubo (Li Kan In, 78), Baba (Grene, 86), Sanches (Sevilya, 68), Anxel Rodriges (Prats, 68), Muriki.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Nacho, Mendi (Marselo, 80), Kroos, Kazemiro (Kamavinga, 61), Valverde (Modrich, 60), Vaskes (Karvaxal, 70), Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 71).

Ogohlantirishlar: Valverde (17), Vinisius Junior (30), Anxel Rodriges (30), Vaskes (52), Railo (69), Maffeo (76).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+5-daqiqa. So'nggi soniyalarda "Real" yana bir burchak zarbasini amalga oshirdi. Xavf bartaraf etilgach, bosh hakam final hushtagini chaldi va "Real" 3:0 hisobida zafar quchib, navbatdagi 3 ochkoni hisobiga qo'shib qo'ydi. 

90+3-daqiqa. Kamavinganing faolligi evaziga Vinisius to'pni jarima maydonchasida qabul qilib oldi va biroz darvozaga yaqinlashgach, zarba yo'lladi, biroq to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

90+2-daqiqa. Tibo Kurtua shoshilmay to'pni o'yinga kiritib berdi.   

Hakamga o'yinning borishi maqul kelyapti chog'i, g'olib nomi aniq bo'lib ulgurgan bir pallada ham 5 daqiqani kamaytirmaslikka qaror qildi. 

O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. Dani Karvaxal to'pni uzoqlashtirishda faollik ko'rsatdi. 

90-daqiqa. "Malorka" vaziyat yaratish ilinjida. Biroq Vedat Murikining zarbasiga aniqlik yetishmadi.  

Benzema maydonni tark etdi va o'zgarish qilish uchun imkoniyati qolmagani sabab, "Real" bellashuvni bir kishi kam bo'lib yakunlab qo'yadi. 

86-daqiqa. O'zgarish! Idrissu Baba o'rniga Kleman Grene o'yinga qo'shildi. 

85-daqiqa. Uchrashuv qaxramoni Benzema maydonda o'tiganicha, zaxira o'rindig'i tomon qaramoqda... Futbolchi jarohat olgan ko'rinadi.   

Endi Karim Benzema hisobida La Liga doirasidagi o'yinlarda 22 ta gol bor!

82-daqiqa. GOOOOOOL! Hozirgina maydonga tushgan Marseloning uzatmasidan keyin Karim Benzema dublni rasmiylashtirmoqda.   

81-daqiqa. "Real"ning navbatdagi hujumi burchak zarbasi bilan davom etadi.  

80-daqiqa. O'zgarish! Ferlan Mendi o'rniga Marselo.

77-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema oradagi farqni ikkita to'pga oshirdi! Fransiyalik futbolchi shu zarbasi bilan amalda o'yin taqdirini hal qildi. 

76-daqiqa. Ogohlantirish! Qo'polligi uchun Pablo Maffeoga sariq. 

75-daqiqa. Ortga qaytib to'pni olib qo'ygan Vinisius, o'zi boshlagan hujumning yakunida Benzema uchun penalti ishlab berdi.  

73-daqiqa. Maydon markaziga yaqin nuqtada Eduardo Kamavinga qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi va Vedat Murikining maydonga qulashiga sabab bo'ldi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. 

70-daqiqa. O'zgarishlarLukas Vaskes va Rodrigoning o'rniga Dani Karvaxal hamda Marko Asensio o'yinga qo'shildi.  

69-daqiqa. Takefusa Kubo "qirollik klubi"ning ancha xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan hujumini to'xtatib, to'pni olib qo'ydi va darhol sherigiga uzatdi, biroq u yaponiyalik oshirgan to'pni bo'ysundira olmadi.   

68-daqiqa. O'zgarishlarAntonio Sanches va Anxel o'rnini Salva Sevilya hamda Abdonga bo'shatib berdi.  

67-daqiqa. Karim Benzema to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'llagandi, himoyachi ishonchli harakat qildi. 

66-daqiqa. Antonio Sanches to'p uchun kurashda Eduardo Kamavinga nisbatan qo'pol harakat qildi deb topdi hakam.  

64-daqiqa. Chap qanot himoyachisi bo'lgan Brian Olivan hujumga qo'shildi va uzatmani amalga oshirdi, ammo u yo'llagan to'pga sheriklaridan hech kim yetib bora olmadi. 

62-daqiqa. Idrissu Baba qarshi hujumga qochib ketayotgan Rodrigoni futbolkasidan ushlab, to'xtatib qoldi. 

60-daqiqa. O'zgarishlarValverde va Kazemiro o'rniga maydonga Luka Modrich va Eduardo Kamavinga tushirildi. 

58-daqiqa. Kazemiro ketma-ket ikki bor o'yin qoidasini buzdi.

Shuningdek, bu vaziyatda to'pni olib qo'yishda jonbozlik ko'rsatgan Federiko Valverdening faolligini ham alohida takidlash lozim. 

55-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius Junior Karim Benzemaning uzatmasidan keyin to'pni darvozabonning oyoqlari orasidan o'tkazib, mo'ljalga aniq yo'lladi. Yana shu juftlik o'z so'zini aytmoqda.    

52-daqiqa. Ogohlantirish! Lukas Vaskes ham qanotdagi kurashda Kuboni ayab o'tirmadi. Natijada, qo'pol harakati uchun ispaniyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.   

49-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, shu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozir hech bir jamoa hisobni ochishga muvaffaq bo'la olmadi.

45+2-daqiqa. Kuboning uzatmasidan keyin Kazemiro to'pni Kurtua qo'riqlayotgan darvoza yaqinidan uzoqlashtirdi.  

45+1-daqiqa. "Malorka" hujumga o'tdi va qulay vaziyat yaratish ilinjida. Rodrigo Railoga nisbatan o'yin qoidasini buzgan deb topilmoqda.   

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. David Alabaning zarbasidan keyin to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.  


42-daqiqa. Benzema-Vinisius juftligining faolligi mehmonlarga yana bir burchak zarbasini taqdim etdi.    

41-daqiqa. Avvaliga Karim Benzema jarima maydonchasi ichidagi sherigiga uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi, keyin Toni Kroos jarima maydonchasiga kirmay, zarba yo'lladi, biroq uning urinishiga aniqlik yetishmadi.  

40-daqiqa. Take Kuboning qanotdan uzatgan to'pini Tibo Kurtua egallab oldi. 

39-daqiqa. "Real" navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Brian Olivan to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirishga muvaffaq bo'ldi. 

37-daqiqa. Muriki markazga yaqin hududda Toni Kroosni chalib yiqitdi va hakam fol qayd etdi.   

34-daqiqa. Vedat Muriki boshi bilan to'pni sherigiga etkazmoqchi edi, ammo u to'pni qabul qilishdi, o'ziga o'nglab olishda sustkashlikka yo'l qo'ydi.  

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 26-74 foiz hisobida "Real" foydasiga. 

30-daqiqa. Ogohlantirish! O'ta qiziqqonligi uchun Vinisiusga sariq kartochka ko'rsatilmoqda. Qo'shimchasiga braziliyalik futbolchi hakamga borib bir nimalar deb yubordi. Shuningdek, "Real" futbolchisi bilan kelisha olmay qolgan Anxel ham sariq kartochka ishlab oldi. 

30-daqiqa. Futbolchilardan biriga tibbiy yordam ko'rsatilishi zarur. Shu sababli, o'yin to'xtatildi.  

26-daqiqa. "Malorka" to'pni o'z nazoratida ushlab turishga urinmoqda.  

Bu safar ham jarima zarbasini Kroos amalga oshirib berdi, lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga muvaffaq bo'lishdi.  

23-daqiqa. Dani Rodriges Vinisiusga nisbatan qo'pol harakat qildi. 

21-daqiqa. Toni Kroos jarima zarbasidan to'pni sheriklari tomon yo'lladi, lekin Vinni o'yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.   

20-daqiqa. "Real" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. Vinisius qoidani buzdi deb topildi, U Antonio Railoga nisbatan fol ishlatdi.

17-daqiqa. Ogohlantirish! Takefuso Kuboga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Federiko Valverdega sariq kartochka ko'rsatildi.

14-daqiqa. Kazemiro to'p uchun kurashda fol ishlatdi deb topildi. Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi bugun sariq kartochka oladigan bo'lsa, navbatdagi bahs "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi.

12-daqiqa. Fede Valverde qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga yo'lladi, Pablo Maffeo xavfni bartaraf etdi. 

11-daqiqa. "Malorka" uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatini yaratishga yayin kelgandi, biroq Vedat Muriki to'p bilan o'zi istagandek muomala qila olmadi.   

7-daqiqa. Rodrigo qanotda Kuboga nisbatan qo'pol harakat qildi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

5-daqiqa. "Real" ketma-ket hujum uyushtirib, tezkor gol urishga urinmoqda. 

3-daqiqa. Vinisius Junior chap qanotdan oldinga o'tishga urinib eo'rdi, ammo himoyachi uni jarima maydoniga kirishiga yo'l qo'ymadi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia