Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvi bekor qilindi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2022
Ma'lumki, dunyoning ko'plab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga ko'ra, Yaponiya futbol federatsiyasi 21 yanvar kuni O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo'ldi.

Ayni vaqtda O'FA mutaxassislari va O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida ish olib bormoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz