Eshitdik-da! "Lokomotiv" Shuhrat Muhammadiev o'rniga boshqa futbolchi topdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2021
"Lokomotiv" klubi yangi mavsum oldidan o'z safiga yangi himoyachini qo'shib oladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Surxon" klubi o'ng qanot himoyachisi Alisher Salimov 2022 yilgi mavsumni "Lokomotiv" safida boshlaydi. 

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Lokomotiv" klubi o'ng qanot himoyachisi Shuhrat Muhammadiev "Qizilqum"ga o'tayotgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, Salimov 2021 yilgi Superligada barcha 26ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia