Shomurodov "Roma"dan ketadimi? Futbolchining o'zi javob berdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2021
O'zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya klubidagi holati haqidagi savolga javob berdi.

- Joze Mourinyu sizni ko'p zaxirada qoldirayotganidan keyin turli xabarlar chiqa boshladi. "Jenoa"ga qaytishingiz mumkinligi, "Sevilya"dan taklif borligi va hokazo. Boshqa jamoaga o'tishingiz mumkinmi?
- "Roma"ga o'tishimdan oldin qaerga kelayotganimni bilardim. Xohlaymizmi yoki yo'qmi kuchli klubda o'z o'rning uchun kurashishing kerak. Bunday gap-so'zlar chiqishi birinchi marta emas "Rostov"da ham boshida shunday bo'lgan, "Jenoa"da ham. Lekin hammasida yaxshi o'xshagan. Bu yerda ham oxirigacha qolib o'z o'rnim uchun kurashaman, - dedi 2021 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi Eldor Shomurodov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia