

31 yoshli futbolchi ko'plab jarohatlari tufayli shunday qarorga kelgan. Noyabr oyida u "Olimpiakos" bilan shartnomani bekor qilgandi, endi esa professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Kelajakda u futbol agenti bo'lishni rejalashtirmoqda.
Vrsalko – Zagrebning “Dinamo” klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida "Jenoa", "Sassuolo", "Atletiko", "Olimpiakos" kabi klublar sharafini himoya qilgan. U bir mavsumni "Inter"da ijara asosida o'tkazgan.
Vrsalko Xorvatiya terma jamoasi safida 48 ta o'yinda maydonga tushgan. 2018 yilgi Jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan.



