O'zbekiston MTJ. Shahboz Umarov koronavirusga chalindi va terma jamoa ixtiyoriga kela olmadi

Tolibjon Qosimov
8 noya 2021, 17:41
Bugun ertalab O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'ini uchun chaqirilgan futbolchilarning yakuniy ro'yxati e'lon qilingan edi.

O'zbekiston MTJ. Ashurmatov yig'inga kela olmaydi, uning o'rniga Chobanov chaqirildi

Unga Belarusning BATE klubi a'zosi Shahboz Umarov ham kiritilgandi. Biroq, Shahboz koronavirusga chalingani sabab terma jamoa ixtiyoriga yetib kela olmadi. Bu haqda biroz avval bosh murabbiy Srechko Katanets jurnalistlarga ma'lum qildi.


Eslatib o'tamiz, Shahboz Umarov 2 kun oldin Belarus chempionati 28-turi doirasida "Dinamo" Minskka qarshi o'yin (1:1)da to'liq harakat qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia