

"Rostini aytsam, agar ularning xo'jayinlari iste'foga chiqsa, xursand bo'lardim. Xuddi o'sha odamlar Superliga uyushtirishni va Chempionlar ligasida o'ynashni xohlayotganini ko'rish kulgili.
Uchala klub - "Real", "Barselona" va "Yuventus" rahbarlari malakasiz. Ular futbolni yo'q qilishga urinishdi. Peres Superliga daromadlari klubning omon qolishi uchun juda muhim, deb o'kinadiyu, keyinchalik Mbappe uchun 180 million taklif qiladi", - dedi Cheferin.



