CA xodimlari Evro-2020'da qaysi termaga muxlislik qilishadi?

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2021
Shuningdek, ular turnir g'olibini taxmin qilib ko'rishdi.

Championat.asia hamda Olamsport.com sayti xodimlari quyidagi 2 ta savolga javob berishdi.

1. Evro-2020'da qaysi terma(lar)ga muxlislik qilasiz?

2. Sizningcha, turnir chempioni kim bo'ladi?

Xayrulla Xoliqov

1. 1998 yildan beri katta turnirlar (jahon chempionati, Yevropa chempionati)da Fransiya terma jamoasiga muxlislik qilib kelaman. Bu safar ham fransiyaliklarga omad tilayman.

2. Chempion kim bo'lishini oldindan aytish qiyin. Albatta, Fransiya chempion bo'lishini xohlayman. Lekin buyoqda Belgiya, Germaniya kabi kuchli jamoalar ham bor. Menimcha, Yoaxim Lyov Germaniyani chempion qilib, shu bilan terma jamoani tark etadi.

Alisher Xolmatov

1. Rossiya, Ispaniya

2. Fransiya

Kamoliddin Alimov

1. Turkiya, Ukraina

2. Fransiya

Aziz Nuriy

1. Ispaniya, Fransiya

2. Angliya

Narzulla Saydullaev

1. Niderlandiya 

2. Italiya 

Tolibjon Qosimov

1. Angliya

2. Angliya

Aziz To'xtamurodov

1. Belgiya va Niderlandiya

2. Fransiya

Jasur Aslanov

1. Evro-2020'da bu safar hech kimga muxlislik qilmayman. Barcha bahslarni bir xil kayfiyatda ko'rmoqchiman.

2. Fikrimcha, Evro-2020'da eng kuchli tarkib Fransiya terma jamoasida va chempionlik fransiyaliklarga nasib etadi.

Shahboz Beg'amov

1. Germaniyaga muxlisman, lekin Rossiyaga ham befarq bo'lmayman. O'ylashimcha, Rossiya turnirda syurpriz taqdim etishi mumkin.

2. Chempionlik uchun qog'ozda Fransiya, Italiya, Belgiya, Germaniya va Portugaliya favorit. O'ylashimcha, Lyov "nemis mashinasi"dan tushib qolish chog'ida Yevropa chempionatida zafar quchib ketsa kerak. Bejizga Myuller va Xummels qaytarilmadi. Hammasi chempionlik uchun qilingan ish.

Zoir Tursunboev

1. Portugaliya va Turkiyaga muxlislik qilaman.

2. Portugaliya yoki Turkiya, shu ikki jamoadan biri chempion bo'lishini kutyapman.

Omonjon To'xtamirzaev

1. Ispaniya, Turkiya va Fransiya

2. Favoritlar ko'p bo'lsa-da, ushbu musobaqada Italiya chempion bo'lsa kerak.

Eldor Akmurzaev

1. Angliya, Portugaliya va Turkiya

2. Fransiya favorit, ammo sensaciya yuz berib, autsayderlardan biri chempion bo'lishi mumkin.

Nig'monxo'ja Nozimov

1. Angliya

2. Angliya

Alisher Ostonov

1. Ispaniya

2. Ispaniya

Mirjalol Normatov

1. Faqat va faqat Angliya

2. Fransiya yoki Germaniya

Sherzod Nurmatov

1. Bolalikdan Germaniya terma jamoasi muxlisiman, Bundan tushqari, ushbu Yevropa chempionatida Turkiya, Uels va Shotlandiyaga befarq emasman. 

2. Germaniya chempion bo'lishiga ishonchim komil. Umid qilamanki, Yoaxim Lyov termani tark etishidan oldin "nemis mashinasi"ni chempion qilib ketadi.

 Jalolxon Inog'omxo'jaev

1. Ispaniya, Portugaliya

2. Fransiya

Jahongir Fayzullaev

1. Fransiya, Angliya, Rossiya 

2. Fransiya chempion!

Faxriddin Ro'ziev

1. Italiya, Turkiya, Rossiya

2. "Skuadra Adzurra" chempion. 

P.S. Finalda Donnarumma qahramon bo'ladi.

Abdulaziz Iskandarov

1. Fransiya, Germaniya, Portugaliya

2. Chempion yuqorida sanab o'tgan jamoalarimdan biri bo'ladi. Mbappe esa to'purar bo'lishini kutyapman.

Og'abek Samisov

1. Germaniya va Portugaliya

2. Angliya

Xurshida Abdikulova 

1. Germaniya

2. Germaniya

Sarvinoz Raxmonqulova

1. Germaniya va Ispaniyaga muxlislik qilaman.

2. Germaniya chempion bo'ladi.

Qadrli muxlis, sizningcha, Yevropa chempionati-2020 chempioni qaysi jamoa bo'ladi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia