Igor Sergeev MTJ safiga qachon qo'shilishi aniq

Narzulla Saydullayev
27 may 2021
O'zbekiston terma jamoasi iyun oyidagi JCH-2022 saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ertaga terma jamoamiz Dubayga uchib ketadi va 29 may kuni Avstraliya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 1 iyun kuni vakillarimiz Saudiya Arabistoniga uchib ketadi. 

Qozog'istonda o'ynayotgan Igor Sergeev terma jamoamiz ixtiyoriga 31 may kuni Dubayda qo'shiladi. Sababi 29 may kuni "Aktobe" Qozog'iston chempionatida "Tobol"ga qarshi o'ynaydi. Sergeev "Aktobe" safida hozirga qadar 7ta gol urdi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia