"Beyjin Goan" Toshkentga yoshlar jamoasi bilan keladi

22 may 2021, 18:23
Bu haqda taniqli ekspert Alisher Nikimbaev o'zining telegramdagi kanali orqali ma'lumot berdi.

"Beyjin Goan" klubi akademiyasining direktorining ma'lum qilishicha, U-21 jamoasining oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo'yilgan. Demak, "Beyjin Goan" Toshkentda o'tkaziladigan I guruhi jamoalari o'rtasidagi markazlashtirilgan bahslarga yoshlar jamoasi bilan ishtirok etadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, OFK 10 maykuni OCHL Sharq mintaqasining "H" va "I" guruhi bellashuvlari O'zbekistonda o'tkazilishini ma'lum qilgan edi.  


Manba: championat.asia