"Nasaf" bugun OFK Kubogidagi yurishini boshlaydi

Aziz Tukhtamuradov
14 may 2021, 07:27
Bugun OFK Kubogi "F" guruhida o'yinlar boshlanadi.

Musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Qarshining "Nasaf" jamoasi soat 17:00da Qirg'izistonning "Oloy" jamoasiga qarshi o'yinni boshlaydi. 

Uchrashuv saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi, shuningdek "UzReport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O'yinga oid eng tezkor yangiliklarni championat.asia saytida tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, guruhdagi barcha o'yinlar Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkazilmoqda. 

OFK Kubogi, "F" guruhi

"Nasaf" (O'zbekiston") - "Oloy" (Qirg'iziston)

Boshlanish vaqti: 17:00 (UzReport)

Stadion: "Respublika markaziy stadioni" (Dushanbe)


 OFK Kubogi-2021. "Nasaf" "Oloy"ga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA


OFK Kubogi-2021. "Hozir jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajrtadigan vaqt emas". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani + GALEREYA


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia