Coca Cola Superliga. "Qizilqum" mavsumdagi ilk mag'lubiyatini "Nasaf"dan qabul qildi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2021
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin.


10 aprel, shanba
QIZILQUM – NASAF - 1:2
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Husniddin Shodmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Rashid Aytekov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Aleksandr Sidorov
VAR nazoratchi: Farhod Abdullaev
Operator: Jahongir Saidov
Texnik mutaxassis: Sherali Janaliev.

Gol: Marko Stanoevich 2, - 0:1. Oybek Qilichev 15 penalti, - 1:1. Marko Stanoevich 82, - 1:2 (Suhrob Nurulloev).

"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullaev, 7. Oybek Qilichev (10.Mate Vatsadze, 74), 8. Giorgi Kuhianidze (18.Jasur Azimov, 42), 17. Salim Mustafoev, 19. Jamshid Hasanov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 23. Sherali Jo'raev, 30. Elguja Grigalashvili, 62. Jahongir Ergashev (4.Mirjalol Qosimov, 60), 75. Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 14.Fayzulla Qambarov, 15.Husan Rasulov, 25.Azizbek Usmonov.

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (70.Abubakr Rizo Turdialiev, 78), 6. Murod Xo'jamberdiev (20.Suhrob Nurulloev, 78), 14. Shokir Yo'ldoshev, 15. Jo'rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 59), 19. Husain Norchaev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev, 88. Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 25.Muhriddin Zoirov, 28.Sardor Sadullaev, 50.Shohmalik Komilov. 

Ogohlantirishlar: G'olib G'aybullaev 14, Akmal Mozgovoy 41, Shokir Yo'ldoshev 45+1,



YANGILASH



90+5. O'yin yakunlandi. "Qizilqum" - "Nasaf" 1:2

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

85. Ogohlantirish. "Qizilqum". Islom To'xtaxo'jaev

84. Bosh hakam vaziyatni VAR orqali ko'rib chiqib, penaltini bekor qildi.

83. Raqib himoyachilari Mate Vatsadzega nisbatan qo'pollik ishlatishdi va bosh hakam qarshiliklar darvozasiga 11-metrlik jarima zarbasini belgiladi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARKO STANOEVICH! Nurulloev oshirgan to'pni Stanoevich jarima maydoni tashqarisidan darvozaga yo'lladi, Nesterovning qo'pol xatosi  - 1:2. 



78. O'zgarishlar. "Nasaf". G'olib G'aybullaev o'rniga Abubakr Rizo Turdialiev, Murod Xo'jamberdiev o'rniga Suhrob Nurulloev

74. O'zgarish. "Qizilqum". Qilichev o'rniga Vatsadze tushdi

73. ZARBA! Jasur Azimovning erlatib uzoq burchakka yo'llagan kuchli zarbasini "Nasaf" posboni egallab oldi.

67. ZARBAAAA! Jarima to'pidan keyin G'olib G'aybullaev boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq! 

60. O'zgarish. "Qizilqum". Ergashev o'rniga Qosimov tushdi

59. O'zgarish. "Nasaf". Mannonov o'rniga Saitov tushdi

48. ZARBAAA! Sherzod Nasrullaevning jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, to'pni Nesterov qaytardi! 

46. Ikkinchi taym boshlandi




45+5. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:1

45+2. ZARBAAAAAAAAAAA! Husayin Norchaevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi 

45+1. Ogohlantirish. "Nasaf". Shokir Yo'ldoshev

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

42. O'zgarish. "Qizilqum". Kuxianidze o'rniga Azimov tushdi

41. Ogohlantirish. "Nasaf". Akmal Mozgovoy

37. ZARBA! Husayin Norchaevning zarbasi noaniq ketdi!

26. Yo'q, bosh hakam VAR ni tomosha qilgach, bu vaziyatda penalti yo'q deb hisobladi.

24. UXXXX! Kuxianidze raqib jarima maydoni ichida Stanoevich tomonidan yiqitildi, hakam VAR ga murojaat qilmoqda 




15. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! OYBEK QILICHEV 1:1. Penaltidan Qilichev hisobni tenglashtirdi

14. Ogohlantirish. "Nasaf". G'olib G'aybullaev

14. PENALTI! "Nasaf" darvozasi tomon

12. "Qizilqum"ning burchak to'pidan keyin G'olib G'aybullaev To'xtaxo'jaevni qo'li bilan ushlab qoldi. Bosh hakam VAR ga murojaat qildi

11. ZARBA! Elguja Grigalashvili chap qanotdan oldinga o'tib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi

2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MARKO STANOEVICH! Marko Stanoevichning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasi darvoza to'qqizligiga borib tushdi - 0:1.



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia