Shota Arveladze Turkiyaning grandi yoki autsayderi boshqaruvini qo'liga olishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 yanv 2021, 01:42
Yaqindagina Samet Aybabani iste'foga chiqargan "Kayserispor" jamoasiga yangi bosh murabbiy yaqin vaqtlar ichida tayinlanishi kutilmoqda.

"Beshiktosh" jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Kayserispor" jamoasining Turkiya chempionatidagi axvoli og'irlashib ketdi. Jamoa turnir jadvalida so'nggi pog'onani egallab turibdi.

"Futboo" nashrining yozishicha, "Fenerbaxche" bosh murabbiyligi uchun nomzod bo'lib turgan Shota Arveladze bilan "Kayserispor" rahbarlari muzokaralar olib bormoqda. "Paxtakor"ning sobiq bosh murabbiyi yaqin fursatlar ichida "Kayserispor"ning yangi ustozi sifatida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Qayd etish kerak, 2019/20 yilgi mavsumda "Kayserispor" 4 marta murabbiy almashtirdi. Ushbu mavsumni Bayram Bektash qo'l ostida boshlagan jamoaga keyinchalik Samet Aybaba tayinlangandi. Shota Arveladze jamoaning ushbu mavsumdagi uchinchi bosh murabbiyi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia