Quvondiq Ro'ziev 2021 yil qaysi klubda o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2020
So'nggi kunlarda ko'plab ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qo'qon-1912” jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri, qo'qonlik muxlislarning suyukli futbolchisi Quvondiq Ro'zievning boshqa jamoaga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar ko'paydi.

Bu xabarlarga sabab Quvondiq Ro'ziev hozirgi kunda respublikamizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanligi hamda unga Superliganing ko'plab klublari jiddiy qiziqish bildirganligidur. Quvondiq o'tgan mavsumlarda “Qo'qon-1912” jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchilaridan biriga aylandi. So'nggi yillarda futbolchiga yurtimiz hamda xorij jamoalaridan jiddiy takliflar bo'lib turdi.

Futbolchiga bo'lgan bu qadar e'tibor jamoa ahil oilasini ham quvontiradi. Biroq ko'plab takliflar bo'lishiga qaramasdan Quvondiq Ro'ziev “Qo'qon-1912” jamoasiga sodiqligini isbotlab kelmoqda. Ro'ziev kabi sifatli futbol ko'rsatadigan futbolchini har doim ham respublikamizning grand jamoalari o'z saflarida ko'rishni istaydilar. “Qo'qon-1912” jamoasi aziz muxlislarga shuni ma'lum qiladiki, jamoa Quvondiq Ro'ziev bilan kelgusi mavsumni Qo'qonda o'tkazishi borasida kelishuvga erishdi. Jamoaning sodiq hamda fidoiy futbolchisi kelgusi mavsumda ham “Qo'qon-1912” jamoasida faoliyat olib boradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz