"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Husayin Norchaev

Tolibjon Qosimov
21 dek 2020
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston kubogi final bahsi bilan mamlakatimizda katta futbol mavsumi o'z nihoyasiga etdi.

"Championat.asia" sayti o'z ananasiga sodiq qolgan holda yilning eng yaxshilarini aniqladi.

Demak, "Championat.asia" talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Husayin Norchaev ("Nasaf").

2002 yilda tug'ilgan hujumchi 2020 yilgi mavsum kashfiyotiga aylandi. "Nasaf" hujumchisi Superligada 21ta o'yinda maydonga tushib 3ta gol urishga erishdi. Norchaev ortda qolgan mavsumda U-18 bilan oltin, U-21 o'rinbosarlar tarkibida bronza, asosiy jamoa bilan kumush medallarini qo'lga kiritdi. 18 yoshli futbolchi o'z ustida ishlashdan to'xtab qolmasa "Nasaf"ning asosiy hujumchisiga aylanishga, so'ngra milliy terma jamoada o'ynashiga ishonamiz.

Norchaev eng yaxshi yosh futbolchi bo'lishda Hojimat Erkinov va Ibrohim Halil Yo'ldoshevni ortda qoldirdi.

Superligadagi statiskasi: 21 o'yin, 803 daqiqa, 3ta gol.


Tez orada "Championat.asia"ning Husayinga atalgan eksklyuziv maxsus sovg'asi o'z egasiga topshiriladi.


"Hujumchi to'purar bo'lishga intilishi kerak. Lekin jamoaviy yutuq shaxsiy sovrindan afzalroq". Mavsum kashfiyotlaridan biri Husayin Norchaev bilan intervyu


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia