Morataning so'nggi daqiqalarda urgan goli "Yuventus"ga g'alabani taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2020
Yevropa chempionlar ligasining 4-turi doirasidagi "Yuventus" – "Ferencvarosh" uchrashuvi yakunlandi.

Yuventus Italiya – Ferencvarosh Vengriya 2:1

"Alyanc Stediu"

Gollar: 0:1 – 19 Uzuni, 1:1 – 35 Ronaldu, 2:1 – 90 Morata.

Yuventus – Shchensny, de Ligt, Danilo, Aleks Sandro, Bentankur (Rabo, 83), Kuadrado, Artur (Remzi, 83), Makkenni (Kulusevski, 62), Bernardeski (Keza, 62), Ronaldu, Dibala (Morata, 62).

Ferencvarosh – Dibus, Frimpong, Dvali, Blajich, Xayster, Ngen (Boli, 70), Shiger (Laiduni, 75), Zubkov (Izael, 70), Somalia, Uzuni, Lovrenchich (Botka, 75).

Ogohlantirish: Shiger (67), Danilo (80), Keza (90).



YANGISHLASH


Uchrashuv yakunlandi

90+2. GOOOOOOOOOL. Morata so'nggi daqiqalarda jamoasiga muhim golni taqdim etdi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

85. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqa qolmoqda. Yuventus hujum qilishda davom etmoqda, mehmonlar esa yaxshi himoyalanmoqda

83. O'zgarish: Remzi va Rabo maydonga tushdi. Bentankur va Artur maydondan olindi

82.ZARBAAAAA. Bentankurning ajoyib zarbasini i Dibus qaytarib yubordi

80. Ogohlantirish. Danilo qo'pollik ishlatdi va hakamning qaroridan norozi bo'ldi. Hakam esa braziliyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi

76. ZARBAAAAAA. Morata yaxshi imkoniyatga chiqib bordi va kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p ustunga tegib maydon tashqariga chiqib ketdi

75. O'zgarish: "Ferencvarosh" safida navbatdagi o'zgarishlar. David Shiger va Gerge Lovrenchich maydoni tark etdi. Qolgan daqiqalarda Endre Botka va Aissa Laiduni harakat qilishadi.

70. O'zgarish: Aleksandr Zubkov va Tokmak Nguen maydoni tark etdi. Ularning o'ringa Frank Boli va Isael maydonda harakat qiladi

69. Ronaldu yaxshi imkoniyatga chiqib bordi, biroq portugaliyalik to'pni yo'qotib qo'ydi

67. Ogohlantirish. David Shiger uchrashuvdagi ilk sariq kartochani oldi

62. O'zgarish: Mezbonlar bosh murabbiyi maydonga birdaniga uchta yangi futbolchilarni tushirmoqda. Federiko Keza, Ueston Makkenni va Alvaro Morata maydonga tushmoqda. Ular Paulo Dibala, Deyan Kulusevski va Federiko Bernardeskini alishtirishmoqda

60. UXXXXX. Qanday vaziyat. Bernardeski kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq to'pni Dibus qaytardi!

58. ZARBAA. Dibala jarima maydonchasining ichiga kirmasdan zarba yo'lladi, ammo zarba juda kuchsiz

56. Dibala burchak zarbasini amalga oshirdi, to'pga birinchi bo'lib Bentankur boshi bilan zarba yo'lladi, lekin to'p ancha nonaiq

54. ZARBA. Ronaldu 30 metrdan jarima zarbasini amalga oshirdi, biroq to'p jonli devordan o'tmadi.

49. ZARBAA. Bernardeski jarima maydonchasining ichida kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p himoyachilarga tegdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Dastlabki 45 daqiqalikdan so'ng hisob 1:1

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

45. Ofsayd, ofsayd. Yuventus futbolchilari bugun juda ko'p bor o'yindan tashqari holatda qolib kyetishmoqda...

43. Hisobni tenglashtirib olgan Turin jamoasi bosimi oshirmoqda

40. ZARBAAAA!!! Bernardeski chamasi 25 metrdan kuchli zarba yo'lladi, biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi

37. ZARBAAAALAR!!! Ferencvarosh futbolchilari darvozalaridan to'p olib chiqqanlaridan so'ng, ikki marta mezbolar darvozasiga kuchli zarba yo'llashdi, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilib, to'pni burchakka chiqarib yubordi

Bir daqiqa avval Ronalduning goli ofsayd sababli hisobga olinmagandi. Bu safar esa 35 yoshli futbolchi jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba yo'lladi va mehmonlar darvozabonini ojiz qoldirdi.

35. GOOOOOOOL. Ronaldu....

33. GOOOOOOOOL. Ronaldu hisobni tenglashtirdi. Biroq portugaliyalik yulduz ofsayd holatida qolib ketdi

30. Xavfli zarba!! Kuadrado Arturni to'p bilan taminladi, biroq braziliyalikning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

29. ZARBAAAA. Danilo burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan zarba yo'lladi, biroq to'p to'g'ri mehmonlar darvozabonining qo'liga keldi.

26. ZARBAAA. Zubkov uzoqdan kuchli zarba yo'lladi, to'p himoyachilarga tegib burchakka chiqib ketdi. Mehmonlar navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilishdi.

25. Yuventus futbolchilari mehmonlar jarima maydonchasi atrofida to'pni harakatlantirishmoqda, biroq so'nggi nuqtani qo'yadigan futbolchi hozircha turinliklar safida topilmayabti

Vengriyaliklar qarshi hujumga o'tib kyetishdi. Nguen himoyachilardan qochib, to'pni Uzuniga etkazib berdi, Myurto esa hisobni ochdi.

19. GOOOOOOL. Myurto Uzuni hisobni ochdi

15. UXXXXXXX. Dibala qanotdan uzatilgan to'pga oyog'ini qo'ydi Dibusdan ajoyib seyf

7. Kuadrado yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq himoyachilar yaxshi harakat qilib, to'pni jarima maydonchasidan chiqarib yuborishdi

1. ZARBAAAA. Mehmonlar futbolchisi Tokmak yaxshi zarba yo'lladi, biroq Voycex o'z o'rnida

Uchrashuv boshlandi

Uchrashuv soatb 01:00 da boshlanadi



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia