Ronaldu gollar bo'yicha Pushkashga yetib oldi, oldinda esa Pele va yana 2 futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
12 noya 2020
Portugaliya termasi o'rtoqlik bahsida Andorrani tor-mor (7:0) keltirdi.

Zaxiradan o'yinga tushib, raqib darvozasini ishg'ol etgan Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 746-golni o'z hisobiga yozdirdi. U makzur ko'rsatkich bo'yicha vengriyalik taniqli forvard Ferenc Pushkashga yetib oldi. Endi Ronaldu u bilan birga barcha davrlarning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 4-o'rinni bo'lishib turibdi.

Krishtianu va Pushkashdan oldinda esa Pele (767 gol), Romario (772) hamda Yozef Bican (805) bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc